Янгиликлар
27
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi
Davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
-sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
-sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
-davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
-manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.
Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.
Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova