Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Boquvchisini yo‘qotgan ayollarga qanday imtiyozlar bor?


Boquvchisini yo‘qotgan ayollarga qanday imtiyozlar bor?

Boquvchisini yo‘qotgan ayollarga bir qator imtiyozlar mavjud:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi PF-87-son Farmoni 17-bandiga muvofiq, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qiladi.
2. Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklarning soliq solishdan qisman ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom boquvchisini yo‘qotgan ayollar ushbu nizom talablariga javob berganda moddiy yordam yoki bola puli olishi mumkin bo‘ladi.
4. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunda ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan (ayollarda 55 yosh) yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar  oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar.

Tajibaev Rustam Baxadirovich,
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazining boshlig‘i