Янгиликлар
27
“O‘zimiz keldik” shiori ostida davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda!
“O‘zimiz keldik” shiori ostida davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda!
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali «mobil davlat xizmatlari» ko‘rsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan foydalangan holda uzaytirilgan grafigi asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Amudaryo tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilda tumanning olis joylariga chiqqan holda 3457 ta davlat xizmati sayyor tartibda ko‘rsatilgan. Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi o‘z navbatida fuqarolarga bir qancha qulayliklar yaratishi bilan bir qatorda jismoniy va yuridik shaxslarning moddiy harajatlari, vaqti tejalishiga zamin yaratadi.
Joriy yilda sayyor tartibda ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari sirasiga “Elektron raqamli imzo kalitlarini berish”, “Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish”, “Turar-joy ob’ektlarini kadastr pasportini shakllantirish”, “Turar-joy ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish”, “Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish”, “Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish”, “Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanishgan.
Olis xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bir qatorda targ‘ibot tadbirlarida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, yaratilayotgan qulaylik, berilayotgan imtiyozlar xususida huquqiy tushuntirishlar berilib kelinmoqda.
Umida Saparbaeva
Amudaryo tumani adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i