Янгиликлар
27
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi qanday
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yhatidan
o‘tkazish tartibi qanday
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi
PF-5005-sonli «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017-yildagi “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 683-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hududiy DYHXX organlari tomondan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi avtomototransport vositasi olinganda;
b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari va yarim tirkamalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida bojxona ro‘yxatidan o‘tkazishda;
v) ilgari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositasining egasi o‘zgarganda;
g) avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan joyini o‘zgartirishni talab qiluvchi, avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holatlarda.
Avtomototransport vositasi uning egasining — jismoniy yoki yuridik shaxsning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lmasa — vaqtincha turgan joyi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish avtomototransport vositasi egasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat’i nazar, har bir hududda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish uchun mas’ul etib belgilangan hududiy DYHXX organlarida ham amalga oshirilishi mumkin;
Avtotransport vositasini 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, ularning nomidan qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiy yoki homiylari) ishtirok etadi.
Muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxs nomiga avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar muomalaga layoqatsiz shaxsda avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda meros yoki hadya natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa amalga oshiriladi.
Agar hadya shartnomasi, sud qarori yoki meros to‘g‘risidagi guvohnomada bir avtomototransport vositasining egasi sifatida bir necha shaxslar ko‘rsatilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasi ularning kelishuviga ko‘ra ulardan birining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Avtomototransport vositalari egalarining, avtomototransport vositasini ulardan birining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvi notarius tomonidan tasdiqlanadi, avtomototransport vositalari egalarining YHXX va uning hududiy boshqarmalariga shaxsan murojaat qilish holatlari bundan mustasno.
Yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan joylashgan joy, yuridik shaxs nomi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalariga; xalqaro tashkilotlarga, ularning vakolatxonalariga va filiallariga (xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarni kiritgan holda); chet davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga, ularning vakolatxonalari va filiallariga; muxbirlar va muxbirlik punktlariga (byuro, ofis); savdo vakolatxonalariga, chet el banklari va tijorat tashkilotlari vakolatxonalariga, shuningdek doimiy muassasalarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi yordamida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish yoki uni ro‘yxatga olishni asosli rad etish YHXX va uning hududiy boshqarmalarida murojaat qilgan kunning o‘zida amalga oshiriladi.
YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish yozma shaklda quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
a) mazkur Nizomda belgilangan tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda;
b) avtomototransport vositasini rul boshqaruvi o‘ng tomonda joylashgan holda taqdim etganda;
v) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida foydalanuvga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda;
g) konstruksiyasi yoki konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilangan tartibda normalarga javob bermaydigan holatlarda avtomototransport vositasini taqdim etganda;
d) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsatsiz mustaqil ravishda ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan va yig‘ilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda;
ye) avtomototransport vositasiga tashkilot — ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘yilgan identifikatsiya tamg‘asini yashirish, soxtalashtirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki ro‘yxatga doir hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarga avtomototransport vositasi va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda;
j) avtomototransport vositasining, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yo‘qolganligi (o‘g‘irlanganligi) to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
z) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo‘yilishi mavjud bo‘lganda.
Avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda, avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
Avtomototransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda uning egalariga hududiy boshqarmalari tomonidan RO‘DRB va avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va RO‘DRB, shuningdek chet el hujjatlari va ro‘yxatdan o‘tish raqamli belgilari olib qo‘yiladi (ular mavjud bo‘lganda).
. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mobaynida YHXX va uning hududiy boshqarmalari belgilangan namunadagi avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartasini ochadi, unga agregat raqamlari, avtomototransport vositasining boshqa texnik parametrlari, avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risida ma’lumotlar, uning yashash (turar) joyi va boshqa zarur ma’lumotlar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga muvofiq, 2023-yilning 1-dekabridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomototransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati joriy etiladi. Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Ichki ishlar vazirligining “Call-markazi”, rasmiy veb-sayt hamda mobil ilovadan foydalangan holda murojaat etishligi mumkin. Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun: - guvohnoma uchun BHMning 70%; - Ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 20% to‘lov undiriladi. Onlayn transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati bir kunda ko‘rsatilganda — qo‘shimcha to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, uch kunda ko‘rsatilganda — 3 baravari, besh kunda ko‘rsatilganda — 2 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi. Shuningdek, Davlat raqam belgisi hamda ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomani yetkazib berish xizmati uchun alohida to‘lov undiriladi (birinchi 10 km bepul, keyingi har bir km uchun BHMning 5% miqdorida to‘lov undiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorga muvofiq, tizimda shaffoflik va raqobatbardoshlik yanada oshiriladi, fuqarolar uchun bir qator qulayliklar yaratiladi. Jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qayta auksion savdolariga elektron tizim orqali avtomatik ravishda qo‘yiladi. Auksionda yutib olingan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish muddatlarini uzaytirish, shuningdek, ushbu ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yaqin qarindoshlarning transport vositalariga rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Ayrim ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksion orqali oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ro‘yxatiga kiritiladi. 2023 yil 1 iyuldan boshlab auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang‘ich narxda auksionga qo‘yiladi. Mazkur qarortizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi M.Sheripboev