Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyaning vazifalari belgilandi


Odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyaning vazifalari belgilandi

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrda «Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PF-210-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga koʼra, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Unga koʼra quyidagilar belgilandi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʼyicha kichik komissiya;
kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri rahbarlik qiladigan munosib mehnat masalalari boʼyicha kichik komissiya;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, NNTning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy yetish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
odam savdosiga qarshi kurashishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish, baholash, monitoring qilish;
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tartibga solinmagan mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirish;
odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga chek qoʼyish hamda ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya va reintegratsiya xizmatlarini koʼrsatish amaliyotini takomillashtirish.
Mazkur Farmon bilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʼyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Farmonga koʼra, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha milliy maʼruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʼyicha milliy maʼruzachi instituti taʼsis etildi.
Ushbu Farmonga koʼra, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi.
Farmonga asosan, Milliy maʼruzachi odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy yetish boʼyicha mamlakatimizdagi hamda mazkur yoʼnalishda xorijiy davlatlardagi Oʼzbekiston fuqarolari bilan bogʼliq vaziyatlar toʼgʼrisida, ushbu sohada ilgʼor xalqaro tajribani tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal yetish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mamlakatimiz Prezidentiga har yili axborot taqdim etilishi belgilandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov