Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Аyrim mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari


Аyrim mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 28 oktyabr kuni «Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi OʼRQ-798 son Qonuni imzoladi.
Mazkur qonunga asosan, 2023 yil 30 aprel kungi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi rasman kuchga kirdi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi 2 qism, 7 boʼlim, 34 ta bob va 581 moddani oʼz ichiga olgan.
Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksida, xodimlarga har yilgi mehnat taʼtillarini berish eski tahrirdagi Mehnat kodeksidan qanday jihatlari bilan farqlanadi. Shularga alohida toʼxtalib oʼtamiz.
Аvvalom bor, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnatga oid munosabatlarni, xususan xodimlarga har yilgi mehnat taʼtillarini berishni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan bir qator yangi normalar oʼrin olgan.
Xususan, yangi Mehnat kodeksida mehnat taʼtillarining quyidagi turlari nazarda tutilgan.
Jumladan:
Har yilgi mehnat taʼtillari,ijtimoiy taʼtillar,ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil va ish haqi saqlanmaydigan taʼtil.
Yangi Mehnat kodeksining 215-moddasiga asosan,xodim taʼtilda boʼlgan davrida uning ish oʼrni lavozimi saqlanishi kafolatlanadi.
Yaьni xodim taʼtilda boʼlgan davrida xodimning mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor etishga yoʼl qoʼyilmaslik toʼgʼrisida norma belgilangan.
Bundan tashqari,yangi Mehnat kodeksida har yilgi mehnat taʼtilining eng kam davomiyligi ham belgilandi.
Unga koʼra,Mehnat kodeksining 217-moddasiga asosan,har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 21 kalendarь kunni tashkil qilishi belgilandi.
Shu bilan birga,yangi Mehnat kodeksida xodim bitta tashkilot yoki tarmoqda ishlagan ish staji uchun qoʼshimcha mehnat taʼtili berish nazarda tutildi.
Xususan,Mehnat kodeksining 220-moddasiga koʼra,xodim bitta tashkilot yoki tarmoqda har 5 yil ishlagan ish staji uchun 2 kalendarь kun,biroq jami
8 kalendarь kun har yilgi qoʼshimcha taʼtil berilishi belgilandi.
Bulardan tashqari,yangi Mehnat kodeksining 401-moddasiga muvofiq 12 yoshga toʼlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolaning ota-onasiga(yoki oʼrnini bosuvchiga) har yili davomiyligi 4 kalendarь kun haq toʼlanadigan qoʼshimcha taʼtil berilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda,yangi Mehnat kodeksida har yilgi asosiy va qoʼshimcha taʼtillarni jamlash tartibi ham belgilandi.
Yaьni Mehnat kodeksining 222-moddasiga asosan, har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini hisoblab chiqarishda asosiy taʼtillar va eng kam taʼtillar har yilgi uzaytirilgan taʼtilga qoʼshib hisoblanishi belgilandi.
Mufassalroq qilib aytganimizda,barcha hollarda qonunchilikda belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili davomida 56 kalendarь kundan oshib ketmasligi belgilandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi  bosh yuriskonsulti
Jo`rabek Ismailov