Янгиликлар
26
Maktab direktorligiga nomzodlarni oʼqitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi
Maktab direktorligiga nomzodlarni oʼqitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi
2023 yil 25 dekabrda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 681-son qarori tasdiqlandi.
Mazkur qarorga koʼra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini yelektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi.
Qaror bilan 2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga yega umumiy oʼrta taʼlim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʼshimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda toʼlanishi belgilandi.
Unga koʼra maktab direktorlariga – 50 foiz hamda direktor oʼrinbosarlariga – 30 foiz.
Shu bilan bir qatorda mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga koʼra
umumtaʼlim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab yetilishi hamda nomzodlar maxsus portal orqali yelektron shaklda roʼyxatdan oʼtishi va sertifikat 5 yil davomida amal qilishi belgilandi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov