Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini ótkazish tartibini bilasizmi?


Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini ótkazish tartibini bilasizmi?

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini ótkazish tartibi tóǵrisidagi nizomni tasdiqlash haqida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori 2022-yil 14-aprel kuni qabul qilingan.
Qarorga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
Materiallarni quyidagi maqsadlarda tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoxud boshqa holatlarga ko‘ra fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish yoki o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek, ekstremizm, separatizm, diniy aqidaparastlik yoki mutaassiblik bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni targ‘ib qilish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
dinga e’tiqod qiluvchilarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, to‘lov terminallarini qo‘llash va pul tushumlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yo‘li bilan yoxud onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari kutubxonalari, shuningdek, boshqa kutubxonalar, veb-saytlar tahririyatlari va jismoniy shaxslar tomonidan ijobiy xulosa olmasdan, xorijda tayyorlangan materiallarni aholiga umumiy foydalanish uchun taqdim etish taqiqlanadi.
Vakolatli organ materiallarni noqonuniy tayyorlash, olib kirish va tarqatish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qiladi.

Qonlikól tumani adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  J.Otemisova