Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Majburiy mehnat va soha oid normativ hujjatlar


Majburiy mehnat va soha oid normativ hujjatlar

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqada qonunosti hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlovchi, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishni,shuningdek biron-bir jazo qoʼllanishi bilan qoʼrqitgan holda ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi bir qator huquqiy normalar belgilandi.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʼtash tartibidan yoki qonunda koʼrsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi belgilangan.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasida majburiy mehnat, yaʼni biron-bir jazoni qoʼllash bilan tahdid qilish orqali,biron bir ishni bajarishga majburlash taqiqlanadi deb koʼrsatilgan.
Shuningdek, 2020 yil 22 yanvar kungi “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-603-son Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonunga koʼra bir yil davomida maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash hamda voyaga yetmagan shaxs mehnatidan taʼqiqlangan ishlarda foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 oktyabr kuni “Majburiy mehnatning har qanday koʼrishini va barcha shakllariga yoʼl qoʼymaslik hamda ularga barham berish boʼyicha davlat hokimiyati organlari hamda barcha boʼgʼin rahbarlarining masʼuliyatini oshirish toʼgʼrisida”gi PF-5563-son farmoni imzolandi.
Ushbu farmon bilan davlat hokimiti organlari rahbarlari oldiga majburiy mehnatga barham berish hamda unga yoʼl qoʼygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish masala muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 2019 yil 30 iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5775-son farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon bilan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi” va uning tarkibida “Kichik komissiya” tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorrda, 2018 yil 10 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“Oʼzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 349-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sogʼliqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, taʼlim muassasalari oʼquvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shuningdek, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʼkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʼjaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʼish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar qoʼllanilishi nazarda tutildi.
Xulosa oʼrnida aytganda,ushbu hujjatlar tom maʼnoda, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor tamoyillariga asoslangan ochiq iqtisodiyotni yaratish, inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, mamlakatda majburiy mehnatga barham berishga xizmat qilishi,shubhasiz.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov