Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Parlament – bu davlatning davlat hokimiyati organlaridan biri bo`lib  hisoblanadi. Parlament deputatlari xalq tomonidan saylanadi.
          O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi –Ozbekiston Respublikasi parlamenti bo`lib, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Dastlab parlament bir palatali bo`lib, 250 deputatdan iborat bo`lgan. 2002-yil 27-yanvarda referendum o`tkazildi va ikki palatali parlament tuzish masalasi qollab quvvatlandi, natijada  Oliy Majlis 2 palatadan – Qonunshilik palatasi va Senatdan iborat bo`lib qayta tuzildi.
          Oliy Majlis palatalarining vakolat muddati besh yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25 yoshga to`lgan hamda kamida 5 yil O`zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar ega bo`ladi.
         O`zbekiston parlamenti Konstituciyaning 93-moddasida ko`rsatilgan vakolatlarga ega. Bunga asos Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgaliktagi vakolatlari bo`yicha Konstituciya, qonunlar qabul qiladi, soliqlar va majburiy tolovlarni joriy qiladi, davlat mukofatlari va unvonlarini ta`sis etedi va qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
          Qonun qabul qilish bo`yicha loyiha dastlab Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalari ko`rib chiqiladi va agar qabul qilinsa, qonun Senatga yuboriladi.Senat qonunni ko`rib chiqadi va ma`qullash yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi.Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa Qonunchilik palatasiga qaytariladi.Senat tomonidan qonun ma`qullansa 10 kun ichida Prezidentga imzolash uchun yuboriladi. Prezident qonunni 30 kun ichida imzolaydi. Prezident o`z e`tirozlarini bildirib, qaytadan muhokama qilish uchun parlamentga qaytarishga haqli. Agar qonun abbal qabul qilingan tahrirda Oliy Majlisning ikkala palatasida ham uchdan ikki  qismdan iborat ko`pchilik ovoz bilan ma`qullansa, qonun Prezident tomonidan 14 kun ichida imzolanidi. Qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.
         Pespublika parlamenti boshqa davlat parlamentlari bilan hamkorlikni keng yo`lga qoygan. MDH davlarlari va horij davlarlari bilan birga ishlash maqsadida qator shartnomalar tuzilgan.

To`rtko`l tumani adliya boʻlimi
FHDY bo`li mudirasi T.Musayeva