Янгиликлар
22
Ro‘yxatdan tashqari bola tarbiyalagan mudiraga chora ko‘rildi
Ro‘yxatdan tashqari bola tarbiyalagan mudiraga chora ko‘rildi
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi tomonidan, fuqaro Sh.I murojaatida ko‘rsatilgan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganish davomida, To‘rtko‘l tumani Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori Yu.T ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablariga rioya qilmasdan 2-ta holatda ro‘yhatdan tashqari bolalari tarbiyalab kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 2155-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs sifatida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
Mazkur holat yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga moliyaviy o‘rganish yakunlari bilan yetkazilgan zararani qoplash choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, ortiqcha sarflangan mablag‘lar davlat byudjetiga undirildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Yu.T ga o‘z xizmat vazifasini bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
M.S.Nuraddinov
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi boshlig‘i
3 darajali adliya maslahatchisi