Янгиликлар
22
8-dekabr – Bosh qomusimiz qabul qilingan kun!
8-dekabr – Bosh qomusimiz qabul qilingan kun!
1992-yil 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamkalakatning huquqiy poydevori qo`yilgan desak ham bo`ladi.
Zero, Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu hujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini
o`rganish bo`linmasi bosh maslahatchisi,
3-darajali yurist Sh.K.Ismailov