Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslari


Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslari    

Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Diniy tashkilotlarni qonunchilikka muvofiq tashkil etish mazkur huquqni amalga oshirish shakllaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan diniy tashkilotlarni tashkil etish va ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish tartibi belgilangan.
Qonunning 11-moddasiga binoan, diniy tashkilot qonunchilikka muvofiq uning tashabbuskorlari (ta’sischilari) qaroriga ko‘ra tashkil etiladi.
Diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta’sischilari) ta’sis yig‘ilishini (konferensiyasini) chaqiradi, unda ustav qabul qilinadi va rahbar organlar tuziladi.
Diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qonunning 16-moddasiga binoan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 23-moddasiga binoan, diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib etish, fuqarolarning sog‘lig‘iga va xalqning ma’naviyatiga tajovuz qilish maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa;
diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud bo‘lsa;
tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida e’tirof etilmagan bo‘lsa;
taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri axborot mavjudligi aniqlangan bo‘lsa.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ellikqal’a tumani
adliya bo’limi
bosh maslahatchisi N.Saparboyev