Янгиликлар
18
Bir murojaat izidan
Bir murojaat izidan
2023-yil 23-noyabr kuni Shoʻmanoy tumanida sud huquq masalasida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda ishtrok etkan fuqaro E.G Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunovga murojaat qilib, u oʻz murojaatida Qoʻngʻirot tumani Maktabgacha va maktab ta’lim boʻlimiga qarashli 31-son umumta’lim maktabi oʻqituvchi lavozimida 2016-yildan 2022-yil oktyabr oyigacha ishlagan davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019-yildagi №743-sonli Qarori boʻyicha tuman koeffitsenti uchun qoʻshimcha 10% foiz miqdorda toʻlanadigan summani toʻlab berishda amaliy yordam soʻragan.
Qoʻngʻirot tumani adliya boʻlimi tomonidan, fuqaro E.Gning murojaati toʻliq oʻrganib chiqildi va natijaga koʻra tuman maktabgacha va maktab ta’lim boʻlimiga taqdimnoma kiritildi. Fuqaro E.Gga 2016-yildan 2022-yil oktyabr oyigacha ishlagan davriga tuman koeffitsenti uchun qoʻshimcha 10% foiz miqdorda haqlari toʻlab berildi.
A.Aymbetov
Qo'ng'irot tumani adliya
bo'limi bosh maslahatchisi