Янгиликлар
18
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 829-qarori mazmun-mohiyati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 829-qarori mazmun-mohiyati
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi: Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish asoslari va turlarini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqish tartibini nazarda tutuvchi Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʻsinda, gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida, oʻz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir”.
Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va fosh etish bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbirlarini hamda protsessual harakatlarni amalga oshiruvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti amalga oshiradi.
Ushbu qaror bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish asoslari va turlari quyidagicha ko’rsatilgan:
fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs haqida yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilishi;
nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisi o‘ziga nisbatan pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqida yoxud o‘ziga ma’lum bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga (korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning xodimlari esa bevosita o‘z rahbariga) bergan xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilishi;
korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno deb ko’rsatilgan.
Ushbu qaror bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar uchun rag’batlantirish turlari, asoslari, oila a’zolarining himoyasi aniq tartibda ko’rsatib o’tilgan hamda ushbu qaror bilan mustahkamlab qo’yilgan.
Umuman olganda, korrupsiya bugungi kunda yurtimiz rivoji, oldinga qo’yilgan pirovard maqsadlarning, kelajak yoshlarning, umumiy qilib aytganda butun bir millat taqdirining kushandasi hamda ushbu illatga qarshi kurash har bir fuqaroning xalqimiz kelajagi uchun zimmasidagi vazifa deyilsa ham mubolag’a bo’lmaydi.
Beruniy tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Xaytbayev