Янгиликлар
15
Pedagoglarga qanday holatlarda moddiy yordam beriladi?
Pedagoglarga qanday holatlarda moddiy yordam beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabr kungi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g'risida»gi 823-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror bilan «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasini tashkil etish va uning mablag'laridan foydalanish tartibi to‘g'risida»gi Reja tasdiqlangan.
Direktor jamg'armasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag'batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta'lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag'batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta'lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag'batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor jamg'armasi hisobidan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish haqida Ishchi guruhning qarori asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasasi direktorining buyrug'i chiqariladi.
Umumta'lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog'i, farzandi):
- vafot etganda;
- og'ir kasallikka chalinganda;
- xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Amaliyotda ishchi guruh a'zolari tomonidan pedagog xodimlarning o‘zi yoki yaqin qarindoshi og'ir kasallikga chalinganligi munosabati bilan moddiy yordam olish haqidagi murojaatlarini ko‘rib chiqishda ayrim talablarga e’tibor bermasdan, ya’ni xodimlarning yaqin qarindoshlik darajasiga uning akasi, opasi, ukasi, singlisi kirmasligi yoki kasallik darajasiga, engil yoki o‘rta darajadagi kasalligi uchun moddiy yordam berish xolatlari uchramoqda.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko‘ra og'ir kasallik – o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan va insonning kundalik faoliyatiga yoki hayot sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan yoki ularga g'amxo‘rlik qiluvchilarga haddan tashqari qiyinchilik kelib chiqaradigan, ba'zan nogironlikka olib keluvchi sog'liq holati tushuniladi.
Shu o‘rinda «Og'ir kasalliklar ruyhati va turlarin qaydan topsak bo‘ladi» degan savol tug'ilishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 fevral kungi «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g'risida” 62-son qarori bilan tasdiqlangan:
- “18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari” haqidagi 8-ilovasi;
- “18 yosh va undan katta yoshdagi shaxslarda nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari” haqidagi 8-ilovasida kasalliklar ro‘yxati keltirilgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xodimlari va ishchi guruh a'zolaridan yuqorida aytib o‘tilgan qoidalarga amal qilmagan xolda qonunchilikda belgilangan javobgarlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Salamat BAZARBAEV,
Kegeyli tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti