Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yuridik xizmat ish faoliyati toʼgʼrisida


                                  Yuridik xizmat ish faoliyati toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 29 iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi. Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu Nizomning 6-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmasligi belgilandi.
Mazkur Nizomga koʼra, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emacligi hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilandi.
Ushbu Nizomning 2-bobi,13-bandiga asosan markazlarning quyidagi asosiy vazifalari ham belgilandi.
Unga koʼra:
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Markaz tomonidan tumandagi quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Jumladan:
tuman Moliya boʼlimi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʼlimi, Madaniyat boʼlimi,Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat va jamoat salomatligi boʼlimi, Davlat oʼrmon hoʼjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʼlimi, Qurilish boʼlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, Oila va xotin-qizlar boʼlimi, Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi, Davlat soliq inspektsiyasi,Qishloq xoʼjaligi boʼlimi, Turizm va madaniy meros boʼlimi va Yoshlar ishlari agentligi boʼlimlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Shu bilan bir qatorda,, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kuni Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 2-bandiga koʼra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markazlar tomonidan tumanlardagi yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yaьni:
mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi;
qishloq xoʼjaligi boʼlimi;
turizm va madaniy meros boʼlimi;
sportni rivojlantirish boʼlimi;
oila va xotin-qizlar boʼlimi;
davlat soliq inspektsiyasi;
aholi bandligiga koʼmaklashish markazi;
davlat umumiy oʼrta taʼlim maktablari;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda davlat koʼp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Аytish kerakki,ayni kunda Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari,tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash,shuningdek nizolar yuzasidan sudlarda ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Joriy yilning shu kuniga qadar jami 37440  ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari markaz tomonidan ekspertizadan oʼtkazilgan.
Shundan, 36141 tasiga ijobiy,  576 tasiga qonunchilikka nomuvofiq boʼlgani uchun salbiy xulosalar berilgan.
Hisobot davrida yuridik xiizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlarning manfaatlarini koʼzlab xoʼjalik subʼektlariga 68 ta talabnoma kiritilgan va iqtisodiy sudlarga tashkilot qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan  8 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari,yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha   1701ta tizim orqali targʼibot tadbirlari oʼtkazildi,shundan  115  tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqish tashkil etilgan.
Xulosa qilib aytganda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari,tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash boravarida xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼ iBekpulat Avazmetov