Янгиликлар
12
Yangi mehnat kodeksida imkoniyati cheklangan shaxslarga beriladigan imtiyozlar
Yangi mehnat kodeksida imkoniyati cheklangan shaxslarga beriladigan imtiyozlar
Аytish joyizki, bugungi kunda yangilanayotgan Oʼzbekistonda imtkoniyati cheklangan shaxslarning hayoti, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishiga aylandi desak, aslo xato boʼlmaydi.
Shu yoʼnalishda mamlakatitmizda imkoniyati cheklangan nogironligi boʼlgan shaxslarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ravishda bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib kelinmoqda.
Qonunchilikka koʼra, shaxsiy ehtiyojlarini va ijtimoiy hayot yetishmovchiliklarini qisman yoki toʼliq oʼzi mustaqil taʼminlay olmayd-igan fuqarolar imkoniyati cheklangan shaxslar sifatida tushuniladi.
Eʼtiborli jihatlardan biri, Oʼzbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksida ham ushbu toifadagi shaxslarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator huquqiy normalar oʼrin olgan.
Jumladan,Mehnat kodeksining 218-moddasida,1 va 2 guruh nogironligi boʼlgan yosht va sogʼligi holatini hisobga olib har yili uzaytirilgan 30 kalendarь kundan iborat mehnat taʼtili berish belgilangan.
Bundan tashqari,mazkur Kodeksning 228-moddasi har yilgi mehnat taʼьtillari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʼmitasi kelishuviga koʼra kalendarь yil boshlangunicha tasdiqlangan jadval asosida berish belgilangan.
Ushbu modda talabiga koʼra imkoniyati cheklangan 1 va 2 guruh nogironlariga har yilgi mehnat taʼtillari ularga qulay boʼlgan davrda berilishi belgilangan.
Shu bilan birga,Mehnat kodeksining 242-moddasida imkoniyati cheklangan 1 va 2 guruh nogironlariga ularning talabiga koʼra har yili majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda 14 kalendarь kundan iborat qoʼshimcha taʼtil berilishi ham belgilangan.
Shuningdek,Mehnat kodeksining 234-moddasiga koʼra,1 va 2-guruh imkoniyati cheklangan nogiron boʼlgan shaxslarga beriladigan ijtimoiy har yilgi mehnat taʼtillarini pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʼl qoʼyilmasligi ham belgilangan.
Bundan tashqari,Mehnat kodeksining 325-moddasiga asosan 1-guruh imkoniyati cheklangan nogironligi boʼlgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining uy sharoitida parvarishlash zaruriyati toʼgʼrisidagi xulosa talab etilmasligi belgilangan.
Shuningdek,Mehnat kodeksining 427-moddasiga koʼra 1 va 2-guruh nogironligi boʼlgan shaxslar uchun ish haftasining davomiyligi oʼttiz olti soatdan oshmagan qisqartirilgan ish haftasi ham belgilangan.
Shu bilan bir qatorda,Mehnat kodeksining 429-moddasiga asosan 1 va 2-guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga har yillik mehnat taʼtillari ularga qulay boʼlgan davrda berilishi koʼrsatib oʼtilgan.
Mehnat kodeksining 431-moddasiga koʼra 1 va 2-guruh nogirnligi bor shaxslarga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi va shu kasb va lavozimlardagi xodimlarga toʼliq ish vaqti davomiyligidagidek miqdorda ish haqi toʼlanishi ham belgilangan.
Xulosa qilib aytganimizda,milliy qonunchiligimizda imkoniyati cheklangan nogironligi boʼlgan shaxslarni imjtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan normativ hujjatlarning qabul qilinishi tom maʼnoda ushbu toifadagi shaxslar davlatimiz tomonidan ularning huquq va manfaatlari toʼliq kafolatlanganidek darak berishi,shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti,
Nasiba Аbduraxmanova