Янгиликлар
12
Davlat tilining rasman qoʼllanish sohalari
Davlat tilining rasman qoʼllanish sohalari
Taʼkidlash joyizki, Davlat tilining obroʼ-eʼtibori – butun xalq, butun jamiyatning obroʼ-eʼtibori, bu millatning oʼzligini anglashi, uning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Oʼzbekistonda qaysi tillar rasmiy til ekanligi Konstitusiyada belgilab qoʼyilgan.
Konstitutsiyamizda Oʼzbekiston Respublikasi oʼz hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari,urf-odatlari va aʼnanalarini hurmat qilinishini taʼminlaydi,ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb belgilab qoʼyilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 4-moddasida Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili oʼzbek tilidir deb belgilangan.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 19-moddasida Oʼzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega boʼlib, jinsi, irqi, millati, tili,dini,eʼtiqodi,ijtimoiy kelib chiqishi,ijtimoiy movqeidan qatьi nazar,qonun oldida tengdir deb belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili toʼgʼrisidagi qonuni 1995 yil 21 dekabrdagi 167-1-son qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilindi.
Ushbu Qonun oʼzbek tilining Oʼzbekiston Respublikasining butun xududida (maydonida) davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Ushbu Qonunning 1-moddasida Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili oʼzbek tili ekanligini va Oʼzbekiston Respublikasi oʼzbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishini taʼminlaydi deb belgilandi.
Mazkur Qonunda Qoraqalpogʼiston Respublikasi oʼz zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir deb koʼrsatildi.
Muhim tomonlardan biri, Oʼzbekiston Respublikasi hududida rus tilini xalqlarining millatlararo muomala tili sifatida rivojlantirish va undan erkin foydalanish taʼminlanishi belgilandi.
Yana bir eʼtiborli jihatlardan biri, mazkur Qonunda Oʼzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning oʼz ona tillarini qoʼllashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik qilmaydi deb belgilandi.
Ushbu Qonunning 3-moddasida Oʼzbekiston Respublikasida yashaydigan har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi taʼminlanadi deb koʼrsatilgan.
Fuqaralarning boshqa tillarda ham murojaat etish huquqlari, davlat tili va millatlararo muomala tilida javob olishi imkoniyati taʼminlanadi.
Qonunga koʼra, mehnat jamoalarida majlislar davlat tilida, shuningdek, majlis ahli tanlangan tilda olib borilishi belgilandi.
Ushbu Qonunning 4-moddasida Oʼzbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari oʼz xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shartligi hamda oʼz faoliyatiga koʼra aholiga xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zarur boʼlgan darajada bilishlari lozimligi qatьi belgilab qoʼyildi.
Ushbu Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasida oʼtkaziladigan xalqaro, umumittifoq va respublikalararo simpoziumlar, konferentsiyalar, kengashlar va majlislarda respublika davlat tili va majlis ahli tanlagan til qoʼllanilishi belgilab qoʼyildi.
Qonunning 6-moddasida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaror va boshqa hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʼiz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi deb belgilandi.
Shuningdek, Qonunning 14-moddasida Oʼzbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, oʼrta maxsus va oliy oʼquv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida boʼlishidan qatʼi nazar, respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud boʼlgan joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash taʼminlanishi koʼrsatilgan.
Yana bir eʼtiborga molik tomonlardan biri, Qonunning 27-moddasida Oʼzbekiston Respublikasida davlat tiliga va boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Mansabdor shaxslarning respublika davlat tilini yoki millatlararo muomala tilini bilmaslikni roʼkach qilib takliflar, arizalar va shikoyatlarni olishdan yoki koʼrib chiqishdan bosh tortishi man etiladi deb belgilandi.
Shu bilan bir qatorda Qonunning 28-moddasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va davlat boshqaruv muassasalarining, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va idoralarning rahbarlari oʼzlariga boʼysunuvchi soha doirasida ushbu Qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgardirlar deb qatьi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, "Davlat tili masalasi milliy gʼoyamizning asosiy tamoyillaridan biri boʼlishi zarur". Shu maʼnoda, oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasida erishadigan har bir amaliy natijamiz biz barpo etayotgan Yangi Uygʼonish davri - Uchinchi Maʼrifat Renessansi poydevoriga qoʼyilgan bitta mustahkam gʼisht hisoblanadi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Davronbek Аllabergenov