Янгиликлар
12
Voyaga yetmagan farzandlari boʼlmagan er-xotinlarni ularning oʼzaro roziligiga koʼra nikoxdan ajratishni qayd etish
Voyaga yetmagan farzandlari boʼlmagan er-xotinlarni ularning oʼzaro roziligiga koʼra nikoxdan ajratishni qayd etish
Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʼlmagan er-xotinlardan nikohdan ajralish toʼgʼrisidagi arizani qabul qiladi.
Ushbu kodeks talbiga koʼra, alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur kodeksga asosan, Er-xotinning oʼzaro roziligi boʼlganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini ѐzish organiga bergan arizalarida oʼrtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yoʼqligini tasdiqlashlari shart.
Shuningdek, nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini ѐzish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat oʼtgach qayd etiladi.
Ushbu Kodeks talabiga muvofiq, Er ѐki xotindan birining nikohgacha boʼlgan familiyasiga qaytishi toʼgʼrisidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida koʼrsatilishi kerak. Nikohdan ajratish qayd etilganidan soʼng nikoh tuzilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qoʼyiladi va u arizachilarga qaytariladi.
Qonunchilikka asosan, nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning oʼzaro kelishuviga koʼra, ularning biridan ѐki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
EShu bilan birga,mazkur kodeksga asosan, er ѐki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji toʼliq miqdorda undiriladi. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikoxdan ajratish Oila kodeksining 43 va 219-moddalariga muvofiq: sud tomonidan bedarak yoʼqolgan deb topilgan boʼlsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi ѐki aqli zaifligi) sababli muomalaga laѐqatsiz deb topilgan boʼlsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʼlsa, oʼrtada voyaga yetmagan bolalari bor-yoʼqligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʼra FHDYo organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
Mazkur kodeks talabiga muvofiq, bunday hollarda arizaga qoʼshimcha ravishda quyidagilar ilova qilinadi: er (xotin)ning muomalaga laѐqatsiz ѐxud bedarak yoʼqolgan deb topilganligi toʼgʼrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori; er (xotin)ning uch yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʼgʼrisida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan koʼchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga oʼrtada bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʼqligi toʼgʼrisidagi roziligi.
Bolalari toʼgʼrisida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʼlish haqida ѐki ѐrdamga muhtoj, mehnatga laѐqatsiz er(xotin)ga taʼminoti uchun mablagʼ toʼlash haqida nizo mavjud boʼlsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni ozodlikdan mahrum etish joyida oʼtaѐtgan shaxs bilan nikohdan ajralishni xohlovchi er(xotin) oʼz arizasida sudlangan shaxsning jazoni oʼtaѐtgan joyni koʼrsatishi lozim. Qonun talabiga koʼra, arizani qabul qilgan FHDYo organi shu kuniѐq bu toʼgʼrida jazoni ijro etish muassasasiga xabarnoma joʼnatadi. Muassasa maʼmuriyati xabarnomani olgach, 2 hafta mobaynida mahkumning arizachi bilan oʼrtada bolalar va mol-mulk toʼgʼrisida nizosi yoʼqligi haqida ѐzma ravishda bildirishnomasini tasdiqlab FHDYo organiga joʼnatadi.
Mahkumning nikohdan ajratishga roziligi olingach va oʼrtada bolalar va mol- mulk yuzasidan nizolari yoʼq boʼlganda, FHDYo organi ariza beruvchi ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etadi. Oʼzaro bolalari va mulkiy nizolari boʼlmagan va 3 yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nikohdan ajratish er-xotinning oʼzaro roziligiga koʼra umumiy qoidalar asosida FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sudning er-xotindan birining bedarak yoʼqolgan deb topilganligi toʼgʼrisidagi qarori boʼyicha nikohdan ajratish er ѐki xotindan birining turar joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan bedarak yoʼqolgan deb topilgan shaxs qaytib kelganda uning murojaati boʼyicha FHDYo organi unga ham nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beradi.
Sud qarori bilan nikoxdan ajratishni qayd etish Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab toʼxtatiladi.
FHDYo organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi dalolatnoma ѐzuvini qayd etadi va nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi guvohnomani beradi.
Er-xotinlarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlar ѐki boshqa hujjatlarga nikohdan ajratilganlik toʼgʼrisida FHDYo organi tomonidan shtamp qoʼyiladi.
Ushbu Qoidalar 1998 yil 1 sentyabrgacha va 2010 yil 15 sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan sud qarorlariga nisbatan qoʼllanadi.
Shuningdek, Respublika sudlarining 1998 yil 1 sentyabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʼyicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. 2010 yil 15 sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi; Аgar nikohdan ajratish FHDYo organida tomonlardan birining arizasiga koʼra qayd etilgan boʼlsa, u holda dalolatnoma ѐzuvi ikkinchi tomon toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan toʼldiriladi va nikohdan ajratganlik toʼgʼrisida guvohnoma beriladi. Nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi dalolatnomadagi ѐzuvlarga qoʼshimchalar kiritish va nikohdan ajratilganligi toʼgʼrisidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi oʼz vakili orqali berilgan arizasi boʼyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ariza va ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak. MDH mamlakatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan qaror asosida Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan tuzilgan nikohni bekor qilish (qaror qachon chiqqanidan qatʼi nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan boʼlsa, arizachining turar joyidagi FHDYo organida qayd etish.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Nasiba Radjapova