Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupciya – kelajakga tahdid


Korrupciya – kelajakga tahdid

Korrupciya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
“korrupciya” - lotincha “corruptio”, ya'ni “buzish, sotib olish, pora evaziga oǵdirish” degan ma'nolarni anglatadi. Korrupciya shaxsning oz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud ozga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.
Mamlakatimizda korrupciyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan boǵliq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Shunga ko‘ra, Respublikamizda korrupciyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan holda 2017-yil 3-yanvarda Ozbekiston Respublikasining “Korrupciyaga qarshi kurashish to‘ǵrisida”gi Qonuni qabul qilindi hamda shundan so‘ng bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda korrupciyaning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Qonunda korrupciyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti belgilangan bo‘lib, korrupciyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.
«Korrupciyaga qarshi kurashish to‘ǵrisida»gi qonunning 5-moddasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish birinchi vazifa qilib belgilangan.
Korrupciyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek  ta'lim muassasalarida korrupciyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta'lim va tarbiya masalalari Qonunning bir nechta moddalarida oz ifodasini topgan.
Korrupciya va poraxo‘rlik, jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimiz, xalqimiz farovonligi, yurtmizning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishi uchun korrupciyaning oldini olish, korrupciyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, chunki mamlakatning iqtisodiyoti va halq faravonligi, tinchligiga tahdid soluvchi illat hisoblanadi.
Taxiatosh tumani yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshliǵi
Babanov Oybek