Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mehnat munosabatlarining konstitutsiyaviy kafolatlari


Mehnat munosabatlarining konstitutsiyaviy kafolatlari

    Jamiyatda xalq, millat, aholi va oila tinchligi va uning manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi.   Shu jihatdan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasida “Inson – jamiyat – davlat” va “Inson qadri uchun” kabi ezgu g‘oyalar ustuvor etib belgilanib, inson manfaatlari, qadr-qimmati ustuvorligi asosiy o‘ringa ko‘tarildi hamda ushbu tamoyillar konstitutsion islohotlarning bosh mezoniga aylandi. Xususan, mamlakatimiz Konstitutsiyasida mehnatga oid normalarning ifodalanishi ushbu sohadagi islohotlarning tizimli ravishda jamiyat va xalq uchun birinchi navbatdagi zaruriylik tamoyiliga asoslanadi va har bir fuqaroning o‘z mehnat huquqlarini tenglik asosida amalga oshirishlari uchun kafolat hisoblanadi. Davlatimiz Konstitutsiyasida belgilangan mehnatga oid normalarning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz, jumladan:
      Tenglik prinsipi. Konsitutsiyaning 19-moddasi ikkinchi qismida barcha fuqarolarning tengligi prinsipi belgilangan. Ushbu norma qoidalari Mehnat kodeksining 4-moddasida ham o‘z ifodasini topgan, unga ko‘ra, har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega va mehnat hamda mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi.
  Munosib mehnat sharoiti. Konsitutsiyaning 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida kamsitishlarsiz ishlash va mehnatiga yarasha hamda turmush darajasi uchun munosib haq olishi kafolati belgilab berilgan. Muhim normalardan biri: Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Dam olish va mehnat ta’tili. Mehnat munosabatlari sohasida xodimning asosiy huquqlaridan biri, munosib ishda ishlash bilan birga dam olish va o‘z vaqtida ta’til olish hisoblanadi. Ushbu qoidalar Konstitutsiyaning 45-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, unga ko‘ra, har kim dam olish huquqiga ega, yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanishi belgilangan. O‘qituvchining qadr-qimmatini ko‘tarish. Konstitutsiyaning 52-moddasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Gender tengligi. Konstitutsiyanming 58-moddasida davlat xotin qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi aniq belgilab berildi.

Beruniy tumani Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i  M.M.Kamalova