Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ayollar daftariga kimlar kiritiladi va ularga qanday imtiyozlar bor?


Ayollar daftariga kimlar kiritiladi va ularga qanday imtiyozlar bor ?

-ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar
-tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar
-boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar
-ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
-uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
-qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar
Bunda «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.

1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun:
•    bandligini ta’minlash;
•    zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;
2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
•    tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
•    bir martalik moddiy yordam berish;
•    zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash;
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
•    bir martalik moddiy yordam berish;
•    zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash;
•    tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatish;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
•    ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;
•    zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;
6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
•    bir martalik moddiy yordam berish;
•    zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.



Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti S.D.Sultanov