Янгиликлар
24
Dinning davlatdan ajratilganligi
Dinning davlatdan ajratilganligi
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga e’tiqod qiluvchilarning din bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlaydigan faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmasining, respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki boshqa yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Beruniy tumani adliy bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Sh. Masharipov