Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ishdan boʻshatish nafaqasini berish tartibi


Ishdan boʻshatish nafaqasini berish tartibi

Oʼzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan bo`lib, yangi Mehnat kodeksi oldingisiga qaraganda ko`plagan o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Jumladan, yangi Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko`ra ishdan bo`shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog`liq bo`ladi va u:
uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
besh yildan o‘n yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam bo‘lishi mumkin emas, deb ko`rsatilgan.
Yangi Mehnat kodeksida homilador ayollarga ham imtiyozlar berilgan bo`lib, ulaardan 403-moddaga ko`ra: Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart, deb belgilangan.


Taxiyatosh tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti Z.Bayniyazova