Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - inson huquqlari kafolati


Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - inson huquqlari kafolati

      Barchamizga maʼlumki, 2023 yil 30 aprel kuni boʼlib oʼtgan referendumda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
      Xalqimizning orzu-umidlari va intilishlari hamda Yangi Oʼzbekistonni barpo etish boʼyicha oʼz oldiga qoʼygan maqsadlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyada oʼz aksini topdi.
     Аvvalgi Konstitutsiyaga asos qilib olingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” printsipiga oʼzgartirildi. Yaʼni, eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʼyishni maqsad qilinganligi nafaqat huquq va erkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini taʼminlash kafolatlarini ham yaratdi.
      Konstitutsiyaning ikkinchi boʼlimi Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʼishlangan. Bunda, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi etib belgilanganligi va shu munosabat bilan inson huquqlarini kafolatlash mexanizmi, mutlaqo yangi masala va yoʼnalishlar aks etgan oid normalar uch baravarga oshganligini koʼrish mumkin. Xususan, 54-moddada ilk bor “Insonning huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi” va 56-moddada “Davlat inson huquqlari boʼyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun sharoitlar yaratadi” deb belgilandi. Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda huquqiy normalarning toʼgʼridan-toʼgʼri amal qilishi mumkinligi bizning huquqiy amaliyotimizda mutlaq yangi voqelikdir.
Insonning ajralmas huquqlaridan biri – oʼz huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqidir. Bu huquq umumeʼtirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarda belgilab qoʼyilgan. Аyni paytda Konstitutsiyaning 55-moddasiga yangi norma kiritilib, unga koʼra “Har kim Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʼlingan boʼlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli”dir.
      Konstitutsiyaning mutlaqo yangi normalaridan biri 57-moddada belgilangan boʼlib, unga koʼra mehnatga layoqatsiz va yolgʼiz keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʼlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni koʼradi. Davlat nogironligi boʼlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obʼektlari va xizmatlaridan toʼlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʼmaklashishi, ularga zarur boʼlgan axborotni toʼsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlashi aniq belgilab berildi. Ushbu normalar fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning davlat kafolatlarini mustahkamlash imkonini yaratadi, shuningdek, xalqimizning tinch, obod va farovon hayotini taʼminlash va xalqaro maydonda Oʼzbekiston Respublikasining ijobiy imidjini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
      Konstitutsiyada davlatning inson huquqlarini taʼminlashdagi majburiyatlari belgilanishi – bu huquq va erkinliklarimiz kafolatidir.

N.Аbduraxmanova,
To`rtko`l tuman Adliya bo`limi
YuXKM bosh yuriskonsulti