Янгиликлар
31
Davlat tiliga hurmat
Davlat tiliga hurmat
“O'zbek tili kambag'al emas, balki o'zbek tilini kambag'al deguvchilarning o'zi kambag'al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar”. - Abdulla Qodiriy
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o'zining ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. O'zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog'imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o'z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg'otgan.
O'zbekistonning har bir fuqarosi o'z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va e'zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko'zgusi”, - deyishmaydi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinib, davlat tilining huquqiy asoslarini belgilab berdi. unga oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida o‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida faoliyat yuritishining huquqiy asoslari belgilangan. O‘zbekiston ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tilning amal qilishi bilan bog‘liq masalalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillardan kundalik hayotda, shaxslararo muloqotda hamda diniy va diniy marosimlarni bajarishda foydalanishni tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muloqot tilini o‘z xohishiga ko‘ra tanlash huquqiga ega.
7-modda. Davlat tilining rasmiy amal qilish sohalarida o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va me’yorlariga rioya qilinadi. Davlat oʻzbek tilini boyitish va takomillashtirishni, jumladan, umumeʼtirof etilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish orqali taʼminlaydi. O‘zbek tiliga yangi ilmiy asoslangan atamalar umumxalq muhokamasidan so‘ng va Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Ushbu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham nashr etilgan. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Ayrim millat vakillari ixcham yashaydigan joylarda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hujjatlari respublikaning davlat tilida va shu millat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi.
Qo’ng’irot tumani adliya bolimi
bosh maslahatchisi A.Aymbetov