Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari


Odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʼlgan asrimizning jiddiy muammosiga aylangan va odam savdosiga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida Oʼzbekiston Respublikasida tizimli ravishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Аyni kunda Oʼzbekiston Respublikasi odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003-yil 12-dekabrda BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash toʼgʼrisida"gi Konventsiyaga qoʼshildi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2000-yil 15-noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʼgʼrisida"gi Konventsiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qoʼyish va buning uchun jazolash toʼgʼrisidagi qoʼshimcha protokol ham ratifikatsiya qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005-yili MDH doirasida "Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish toʼgʼrisida"gi kelishuv, 2006-yilda sakkiz aʼzo mamlakat doirasida "Odam savdosiga qarshi kurashning 2007–2010-yillarga moʼljallangan dasturiga" ham qoʼshilgan.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli koʼrinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida"gi qonuni qabul qilingan edi.
Ushbu Qonunni yanada takomillashtirish va hozirgi zamon talablariga moslashtirish maqsadida unga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2020-yil 17-avgustda qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi Qonunda sohaga oid asosiy tushunchalar va tamoyillar, uni davlat tomonidan tartibga solishga oid normalar, vakolatli davlat organlari, Milliy komissiya, hududiy komissiyalarning vakolatlari va vazifalariga oid meʼyorlar aniq belgilangan. Shu bilan birga, amaldagi Qonundan farqli oʼlaroq yangi tahrirdagi Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini taʼminlash tartibi va jabrlanganlar haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash tartibi va ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari va boshqa kafolatlari belgilandi.
Oʼzbekiston Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʼyicha choralar toʼgʼrisida"gi qarori bilan odam savdosiga oid noqonuniy harakatlarga qarshi tadbirlar, davlat va jamoa organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalar belgilab berildi.
Bundan tashqari, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunga asosan 2008-yil 8-iyulda Prezidentimizning “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan respublikamizda bir qator ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha Respublika idoralararo komissiyasining 2015-yil 5-fevraldagi yigʼilish qarori bilan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish borasida 2015-2016-yillarga moʼljallangan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlanib,  ijrosi taʼminlanmoqda.
    Eʼtiborli jihatlardan biri, yurtimizda chet elga chiqib ishlovchi shaxslar uchun qonuniy asoslar yaratildi. Jumladan ular Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi toʼgʼrisida»gi Nizomning 1-bandiga koʼra, fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʼyicha mintaqaviy byurolarning koʼmagida Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish huquqiga egaligi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan mustahkam qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi tom maʼnoda mamlakatimizda odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
B.Аvazmetov.