Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Sudlarga murojaat qilish tatibi


Sudlarga murojaat qilish tatibi

Yangilangan Konstitutsiyamizning 55-moddasida “Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.” deb belgilangan.
Shu nuqtaiy nazardan barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:
Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;
Ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.
Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

M.S.Nuraddinov
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi boshlig‘i