Янгиликлар
31
Qaysi yuridik shaxslar o’z nomlari va ramzlarida “O’zbekiston” rasmiy nomidan foydalnish huquqiga ega?
Qaysi yuridik shaxslar o’z nomlari va ramzlarida “O’zbekiston” rasmiy nomidan foydalnish huquqiga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 oktyabrdagi 286-son qaroriga asosan:
Quyidagi yuridik shaxslar oʻz nomlari va ramzlarida “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;
Hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;
respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i D.Tojiyev