Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida xukumat qarori bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi


Reglamentga ko‘ra, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markaziga (Call-markaz) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti Davlat xizmatlari markazlarining ish vaqti doirasida belgilanadi. Call-markaz mas’ul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.
So‘ng mas’ul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Shuningdek, ushbu Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
•    milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishga;
•    O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga;
•    jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga.
Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish 2023 yil 1-oktyabrdan amalga oshiriladi.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori A.Matchanov