Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ajratish va qurish jarayoni bilan bog’liq davlat xizmatlarini ko’rsatish


Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ajratish va qurish jarayoni bilan bog’liq davlat xizmatlarini ko’rsatish

Ko'pchilik fuqarolar tomonidan eskirgan uy-joyini buzib, o'rniga yangisini qurib yoki mavjud uy-joyni o'zgartirib qo'shimcha qurilish qilib yohud xovlisidagi bo'sh yerga yangi uy-joy qurib bo'lgach, ushbu uy-joyga qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirishida muammolarga duch keladi.
Ushbu holat esa zanjir kabi, boshqa muammolarni keltirib chiqaradi, masalan davlat ro'yxtidan o'tmagan uy-joy noqonuniy hisoblanib, uni oldi-sotdi qilib bo'lmaydi yoki meros sifatida taqsimlab bo'lmaydi.
Buning asosiy sababi, uy-joy qurishdan avval bir nechta hujjatlarni rasmiylashtirish zarur.
Fuqarolar ixtiyorida bo'lgan uy-joy o'rnida yangi uy-joyni qayta qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma talab etiladi.
Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo'limlari tomonidan beriladi. Bino va inshootlarni qayta qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Fuqarolar ruxsatnoma olish uchun DXM yoki YaIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda murojjat qilishlari mumkin.
Qurilish bo'limlari yetti ish kuni mobaynida ruxsatnomani berish yoki rad etish masalasini ko'rib chiqadi.
Ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida, YaIDXP orqali murojaat etilganda ushbu ko'rsatilgan yig'im summasining 90 foizi undiriladi.
Agar qurilayotgan uy-joy ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lsa, ARTni olishi hamda loyiha-smeta hujjatlarini kelishish lozim.
Bu holatda ariza buruvchilarning buyurtmasiga ko'ra qurilish boshqarmalari ARTni ishlab chiqadi.
Fuqarolar ARTni olish uchun DXM yoki YaIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda murojjat qilishlari mumkin.
Arizaga tuman (shahar) qurilish bo'limining bino va inshootni rekonstruktsiya qilish hamda o'z hududida qo'shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari ko'rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1.0 baravari miqdorida, (YaIDXP orqali ushbu summasning 90 foizi) yig'im undiriladi.
Qurilish organlari ARTni 3 ish kuni ichida invoysni ariza beruvchiga yuboradi hamda qurilish organlari 5 ish kuni ARTni ishlab chiqib arizachiga yuboradi.
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish loyiha-smeta hujjatlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
yer usti yer uchastkasi tarhi;
uy-joyning poydevorlari, yerto'lalari, qavatlari, ularning qirqimlari va binoning old tomoni tarhlari.
Loyiha-smeta hujjatlari Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan – ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lgan yakka tartibdagi uy-joylar cha uch ish kuni mobaynida;
tuman (shahar) qurilish bo'limlari tomonidan – ikki qavatdan yuqori bo'lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylar uch ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi va kelishiladi.
Loyiha-smeta hujjatlari kelishish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida (YaIDXP orqali ushbu summasning 90 foizi) yig'im undiriladi.
Fuqarolar qurilish-montaj ishlari tugallangandan so'ng yakka tartibdagi uy-joylardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.
Bunda arizalar ikki qavatdan yuqori bo'lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi er yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylar (I toifa ob’ektlar) – tuman (shahar) qurilish bo'limlari;
ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lgan yakka tartibdagi uy-joylarga (II toifa ob’ektlar) – qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyalari ruxsatnoma beradilar.
Agar qurilgan uy-joy II toifa ob’ekt hisoblansa, so'rovnomaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
- pudrat tashkiloti va buyurtmachi o'rtasida imzolangan qurilishi tugallangan ob’ektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
- pudrat tashkiloti tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;
- mualliflik va texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasi.
I toifa ob’ektlar bo'yicha yuqorida sanab o'tilgan hujjatlar ilova qilinishi talab etilmaydi.
Ushbu ariza vakolatli organlar tomonidan 8 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.
Uy-joylardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (YaIDXP orqali ushbu summasning 90 foizi) miqdorida yig'im undiriladi.

Qonlikól tumani adliya bólimi Davlat xizmatlari markazi