Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va o‘zgarishlar haqida


Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va o‘zgarishlar haqida

Ma’lumki 2023-yilning 4-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamotchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish   to‘g‘risida” gi O‘RQ-870-sonli Qonuni qabul qilindi.  
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish doirasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida bir qancha  ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur Qonun bilan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Shuningdek «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolar yig‘inlari tomonidan tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining sog‘liqni saqlashning holati hamda fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi axborotini eshitishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi».
Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining profilaktika ko‘riklarini hamda skrining dasturlarini amalga oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning hamda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarning tarqalishi, fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi».
Xulosa o‘rnida, ushbu Qonun sog‘liqni saqlash organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga, shuningdek tibbiy xizmat ko‘rsatishning holati to‘g‘risida aholining xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Taxiatosh tmani Adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markaz boshlig‘i    
Babanov Oybek Abdikadirovich