Янгиликлар
21
Himoya orderini berish muddatlari
Himoya orderini berish muddatlari
Ma`lumki, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risidagi” qonun asosida Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. shunga ko`ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tazyiq yoki zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi, asoslari va cheklovlari belgilab berildi.
Himoya orderi tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini beruvchi hujjat hisoblanadi. Hususan, turmush o`rtog`i, sevgan yigiti, qaynona-qaynotasi, qaynisingillari, qo`ni-qo`shni, ish joyida bo`lsa, rahbari va boshqalar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo`ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi.
Himoya orderi 1 oy muddatga beriladi. shu muddat ichida nizoni hal etish imkoni bo`lmasa yoki o`sha holat yana davom etadigan bo`lsa, ayolning murojaatiga ko`ra 30 kungacha uzaytiriladi. Bu uzaytirishda huquqbuzarlarga nisbatan tuzatish dasturi ishlab chiqiladi.
To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva Aruxon Uktam qizi