Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mening qizim hozirda Qozog'iston Respublikasiga o'qishga kirdi. Endilikda o'zining familiyasini o'zgartirishni hoqlayabdi, ya’ni onasining familiyasiga o'tmoqchi. Buning tartibi qanday bo'ladi?


Mening qizim hozirda Qozog'iston Respublikasiga o'qishga kirdi. Endilikda o'zining familiyasini o'zgartirishni hoqlayabdi, ya’ni onasining familiyasiga o'tmoqchi. Buning tartibi qanday bo'ladi?

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»ning 149-bandiga muvofiq, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to'lgach turar joydagi FHDYo organi tomonidan ko'rib chiqiladi.Ushbu qoidalarga ko'ra berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli tartibda FHDYoda rasmiylashtiriladi. Shundan so'ng FHDYo bo'limi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDYo organlaridan o'zining talabi bo'yicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali oladi va tegishli tekshiruv o'tkazish uchun ichki ishlar organiga «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali so'rovnoma jo'natadi.Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 20 kun mobaynida o'rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o'zgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDYo organiga axborot tizimi orqali taqdim etadi.Agar ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o'zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to'g'risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko'rsatiladi.FHDYo organi xabarnomaga binoan dalolatnoma yozuviga tegishli o'zgartirishlar kiritadi va dalolatnoma yozuvini «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali tasdiqlaydi, shuningdek dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga ana shunday o'zgartirishlarni kiritish uchun adliya boshqarmasining idoraviy FHDYo arxiviga «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi, dalolatnoma yozuvi bir nusxada qayd etilgan holatlar bundan mustasno.Bunda, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish haqidagi arizani qabul qilgan FHDYo organi yangi guvohnoma chop etib beradi.
Shuningdek,16 yoshga to'lgan shaxslar tomonidan familiyasi, ismi, ota ismi o'zgartirilgan barcha hollarda o'zgartirish faqat tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining «bola to'g'risida ma'lumotlar» ustuniga kiritiladi. Ota-ona to'g'risidagi ma'lumotlar o'zgarishsiz qoldiriladi.
Savol:  Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo'llanilmaydi?
Javob: Oila kodeksining 13-moddasiga ko'ra, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.Alohida hollar (homiladorlik, bola tug'ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

A.Nizanova
Nukus shahar FHDYO bo'limi inspektori