Янгиликлар
12
Yuridik xizmat va soha faoliyatiga oid normativ hujjatlar
Yuridik xizmat va soha faoliyatiga oid normativ hujjatlar
Taʼkidlab oʼtish joyizki, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa oʼrta va quyi boʼgʼinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʼrsatish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida, yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, Nizomning 6-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmasligi qat’iy belgilandi.
Mazkur Nizomga koʼra, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emasligi hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilandi.
Ushbu Nizomning 2-bobi, 13-bandida yuridik xizmat koʼrsatish markazlarining quyidagi asosiy vazifalari ham belgilandi.
Unga koʼra:
-yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash; yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish; yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish; yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Markaz tomonidan tumandagi 18ta yuridik jihatdan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik tusga ega hujjatlarni puxta va sifatli qilib tayyorlash va ularni huquqiy ekspertizadan oʼtkazish maqsadida sifatli yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Shu asnoda, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Аdliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatining yoʼlga qoʼyilishi oʼzining ijobiy samarasini koʼrsatdi.
Bu borada, yuridik xizmat koʼrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʼtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʼtkazuvchi «E-huquqshunos» elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi toʼliq raqamlashtirilib, qogʼozbozlikka barham berildi.
Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandiga koʼra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan qoʼshimcha ravishda tumanlardagi 10 ta davlat organlari va tashkilotlariga qoʼshimcha yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Аyni kunda, Toʼrtkoʼl tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash, shuningdek nizolar yuzasidan sudlar ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatib kelinmoqda.
Joriy yil 3-chorak davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid 25990 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan oʼtkazildi.
Shundan, 24898 tasiga ijobiy xulosa, shuningdek 534 tasiga qonunchilikka nomuvofiq boʼlgani uchun salbiy xulosalar berildi va muqarrar qonunbuzilish holatlari oldi olindi.
Hisobot davrida yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini koʼzlab shartnomaviy munosabatlar yuzasidan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan 66 ta talabnomalar kiritildi va iqtisodiy sudga tashkilotlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 6 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha 1659 ta e-huquqshunos elektron tizim orqali huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi, shundan 173 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi.
Xulosa oʼrnida aytganda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash boravarida, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʼyicha malakali yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼi B.Аvazmetov