Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yangi Mehnat kodeksiga kiritilgan oʼzgartishlar


Yangi Mehnat kodeksiga kiritilgan oʼzgartishlar

Ma`lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 28 oktyabr kuni «Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi [OʼRQ-798 sonli] Qonuni imzoladi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi eskisidan oʼzining katta xajmi jihatidan ancha farq qiladi.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan eski Mehnat kodeksida 2 ta qism yani umumiy va maxsus qism hamda 15 ta bob va 294 ta modda mavjud edi. Yangi tahrirda qabul qilingan yangi Mehnat kodeksida esa 2 qism, 7 boʼlim, 34 ta bob va 581 moddani oʼz ichiga oladi. Eski kodeksdan farqli ravishda, yangi Kodeksning ikkinchi va maxsus qismi 25 ta bobdan iborat. Yangi kodeksning birgina maxsus qismida 488 ta modda mavjud. E’tiborli jihatlardan biri, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi amaldagisiga nisbatan 19 ta bobga va 287 ta moddaga koʼpaygan. Muhim oʼzgarishlardan biri, eski  Mehnat kodeksining 100-moddasi 7-bandidagi “xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” normasi chiqarib tashlandi. Kutilayotgan yana bir muhim oʼzgarishlardan biri, eski Mehnat kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan xodimlarga ishdan boʼshatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan ish stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori toʼlash belgilanmoqda. Jumladan, aytaylik endilikda 3 yilgacha ish stajiga ega xodimlarga oʼrtacha oylik ish haqining 50 foizi, 3 yildan 5 yilgacha – 75 foizi, 5 yildan 10 yilgacha – 100 foizi, 10 yildan 15 yilgacha – 150 foizi, 15 yildan ortigʼiga – 200 foizi berililadigan boʼldi. Yana bir oʼzgarishlardan biri, eski Kodeksdan farqli ravishda yangi qonunda mehnat bozoridagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari toʼliq aks ettirilgan.
Xususan, ishga qabul qilishda sinov bosqichlari va ishga kirish tartiblari belgilab olinmoqda. Jumladan, ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilmoqda, xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishga bagʼishlangan normalar kiritilmoqda,dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga toʼgʼri kelgan taqdirda koʼchirish qoidasi kiritilmoqda. Muhim norma sifatida, mehnat taʼtilining minimal davomiyligi kalendar kunlarda eski kodeksning 134-moddasiga asosan xodimlarga 15( oʼn besh) ish kunidan kam boʼlmagan muddat bilan yillik asosiy taʼtil berilishi belgilangan boʼlsa, yangi kodeksning 217-moddasiga koʼra esa, har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 21(yigirma bir) kalendar kunni (dam olish kunlari ham nazarda tutilgan) tashkil etishi belgilandi. Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat nizolarini sudlar tomonidan koʼrib chiqishda daʼvo muddatlari koʼpaymoqda.
Xususan, yangi Kodeksning 560-moddasiga asosan, ishga tiklash toʼgʼrisidagi daʼvo muddati mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrugʼining koʼchirma nusxasi xodimga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 oy deb belgilanmoqda. Eski Mehnat kodeksining 270-moddasida esa, bu muddat 1 oy qilib belgilangan edi. Muhim jihatlardan yana bir tomoni shundaki, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida boshqa mehnat nizolari boʼyicha, daʼvo muddati xodim oʼzining huquqi buzilganligi toʼgʼrisida bilgan yoki bilishi kerak boʼlgan kundan eʼtiboran 6 oy deb belgilanmoqda. Eski Mehnat kodeksida esa, boshqa mehnat nizolari boʼyicha daʼvo muddati xodim oʼzining huquqi buzilganligi toʼgʼrisida bilgan yoki bilishi kerak boʼlgan kundan eʼtiboran 3 oy deb belgilangan. Quvanarli holat esa, bu muddat ham qariyb 3 oyga koʼpaytirilmoqda.
Biroq, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 164-moddasi 3-qismiga ayrim oʼzgarish kiritilib, agar koʼrsatilgan muddat tugaganidan keyin kasaba uyushmasi qoʼmitasi qabul qilingan qaror haqida xabar qilmasa, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kasaba uyushmasi qoʼmitasining roziligisiz bekor qilishga haqli degan mazmundagi yangi norma bilan mustahkamlangan. Shuningdek, yangi tahrirdagir Mehnat kodeksida xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda ayrim oʼzgarishlar kutilmoqda. Xulosa oʼrnida aytganimizda, yangi Mehnat kodeksi tom maʼnoda mamlakatimizda mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilishi shubhasiz.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
N.Radjapova