Янгиликлар
04
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’lim jazosi taqiqlanadi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’lim jazosi taqiqlanadi
Muhtaram prezidentimiz 2022- yilning 20-iyun kuni mamlakatimiz Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda bosh qomusimizga oʻlim jazosini taqiqlash toʻgʻrisidagi normani kiritishni taklif qildi.
O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini taqiqlash 2023-yilning 30-aprel sanasidan umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizning 25-moddasi bilan mustahkanlandi. Unda “yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng jinoyatdir. O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosi taqiqlanadi”- degan jumlalar kiritildi.
Bu esa o’z navbatida xalqimizning insonparvarlik, tinchliksevarlik va odamiylik kabi qadriyatlariga mos kelmaydigan bunday vaxshiyona jazo chorasini kelgusida milliy davlatchiligimizda bo’lmasligini ta’minlashga qaratilgan muhim qaror bo’ldi desak yanlishmagan bo’lamiz.
Yangilangan O’zbekistonda, III resnesans bo’sag’asida turar ekanmiz o’lim jazosi kabi nodemakratik qoidalarni bundan keyin qonunchiligimizda mutlaqo bo’lmasligini ta’minlash maqsadida bunday moddaning bosh qomusimiz bo’lgan konstitutsiyamizda aniq belgilanishi bugungi kunimiz va kelajak avlod uchun muhim ahamiyatga ega xodisa bo’ldi.
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, sudlar toʻgʻrisidagi, prokuratura toʻgʻrisidagi qonunlarga, boshqa bir qancha qonun hujjatlariga muvofiq jinoyatlarning tasniflanishi oʻzgartirildi, oʻta ogʻir jinoyatlar jumlasiga kiritilgan jinoyatlar roʻyxati kamaytirildi, sodir etilgan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan muqobil jazo turlari, yarashuv instituti joriy etildi. Jinoiy jazolar tizimini liberallashtirishga qaratilgan boshqa bir qancha dasturiy chora-tadbirlar qabul qilindi.
Shuni taʼkidlash joizki, inson huquqlarini kamsituvchi, jirkanch, gʻayriinsoniy, jinoiy jazoning ogʻir turi boʻlgan oʻlim jazosini taqiqlab qoʻyish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi normani kiritilishi mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yoʻlidagi maqsadimizga xizmat qiladi. O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinganligi insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarining, xalqaro huquq me’yorlari umume’tirof etilgan prinsiplarining bajarilishi ifodasidir.
Qolaversa, o‘lim jazosi xalqimizga xos kechirimlilik fazilatiga yot tushunchadir va bunday yot g’oyalarni qayta qonunchiligimizga kiritishni yoqlab chiqayotgan ayrim hissiyotlarga beriluvchan oz sonli shaxslarning o‘lim jazosini belgilash bilan bog‘liq taklif va da’volarini butunlay rad etishimiz lozim. Undan ko‘ra, jamiyatimiz uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgan ta’lim, farzandlarimiz tarbiyasi, yoshlarimiz huquqiy ongini yuksaltirish masalalari ustida bosh qotirsak o‘z vaqtimizni ijtimoiy foydali masalaga sarflagan bo‘lar edik.
Ellikqal’a tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti F.Jumaniyazov