Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi


            Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

    Аytish joizki, yurtimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda, davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʼrlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʼliq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obroʼsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʼladi.
    Maʼlumki, korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan jinoyat turi hisoblanadi va har qanday mamlakatning rivojlanishi tanazzuliga olib keladi.
    Yuridik etimologiyaga koʼra, korrupsiya faoliyati xufiyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri boʼlib, korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni koʼzlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qoʼlga kiritish tushuniladi.
    Maʼlumki, korrupsiya atamasi “buzish, pora evaziga ogʼdirish” degan maʼnoni anglatadigan lotincha “corruptio” soʼzidan kelib chiqib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
    Korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining oʼziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
    Shu boisdan ham, yurtimizda korrupsiyaga qarshi avvalambor,                     maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlar tizimli ravishda koʼrilmoqda.
    Shu asnoda, malakatimizda ijro etuvchi organlar ustidan fuqarolik jamiyat institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “Oʼzbekiston Respublikasida jamotchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qilingan.
    Darhaqiqat, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
    Shu maʼnoda, aynan “Jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonunning ahamiyati beqiyosdir.
    Taʼkidlab oʼtish joizki, yurtimizda korrupsiyaviy jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari koʼrilmoqda, shuningdek fosh etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar qattiq jazolanmoqda.
    Xulosa oʼrnida aytganimizda, korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimizfaol ishtirok etishlari zarur. Shundagina, jamiyatning barcha boʼgʼinidagi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi harakatlari bilan, korrupsiyaga qarshi samarali natijalarga erishish mumkin.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼi, 2-darajali adliya maslahatchisi B.Аvazmetov