Янгиликлар
22
Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari
Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini, ularning vazifalari hamda vasiylikni va homiylikni belgilash, amalga oshirish va toʻxtatish tartibini belgilaydi.
Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish sho’balari vasiylik va homiylik sohasida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
- yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritish;
- yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, shuningdek, davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etish;
- yetim bolalarning va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
- vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olish;
-yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulkining but saqlanishini ta’minlash;
Shuningdek, vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadi. Vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnoma kiritadi.
Undan tashqari bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid paydo bo‘lgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish choralarini ko‘radi. Davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balog‘atga yetmaganlarning hisobini olib boradilar va hujjatlarini tayyorlash bilan bo’g’liq masalarni ham o’z zimmasiga oladilar. Belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok vakolatlari mavjud.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Ellikqal’a tuumani adliya bo’limi yuridik xizmat
ko’rsatish mazrkazi bosh yuriskonsulti S.Nurmaxashev