Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilindi


Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilindi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–759-son, 14.03.2022 y.) bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi. Shu munosabat bilan Oila kodeksida o’zgartirishlar kiritildi.
Jumladan:
-bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlandi.
- Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Beruniy tumani FHDYO
2-darajali inspektori
D.Berdimuratova