Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar


                           Xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar

Maʼlumki, yurtimizda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil qonunchilik va boshqa chora-tadbirlar tufayli ular oʼz huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik, taʼlim, sogʼliqni saqlash, fan va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi bilim va koʼnikmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Xususan, yangidan qabul qilingan Konstitutsiyamizning 42-moddasi 3-qismida “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi” deb belgilandi.
Shu kabi Konstitutsiyamizning 58-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi” deb belgilandi.
Shu bilan birga yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksining 393-moddasida ayollar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilangan bo`lib, bunga ko`ra:
-ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadigan tavsiyalarni inobatga olib, noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar ro‘yxatini belgilashga haqli;
-ayollar tomonidan ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashish taqiqlanadi;
-ayollarning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bundan tashqari Mehnat kodeksi 400-moddasi 2-qismiga ko`ra homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi deb belgilngan.
Shu kabi Mehnat kodeksining 408-moddasiga ko`ra homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
    Bundan tashqari 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda “jins boʼyicha bevosita kamsitish” va “jins boʼyicha bilvosita kamsitish” tushunchalariga taʼrif berildi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularning loyihalarini majburiy huquqiy ekspertizasi, gender statistikasi yuritilishi joriy etildi.
Shu bilan birga 2019-yil 2-sentabrda «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonun qabul qilindi, u ayollarni uyda, ish joyida, taʼlim muassasalarida zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda bir qator tushunchalar, «jinsiy zoʼravonlik», «jismoniy zoʼravonlik», «iqtisodiy zoʼravonlik», «ruhiy zoʼravonlik» «zoʼravonlik», «tazyiq» kabi tushunchalarga keng taʼrif berilgan.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
J.Ismoilov.