Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Gendr tengligi haqida


Ma'lumki, O'zbekiston Respublikas Konstitutsiyasining 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi aniq belgilab berilgan.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashi belgilangan.
Gender tenglik tushunchasi - jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
So'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etildi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi.
Shuningdek amaldagi mehnat mehnat qonunchiligida ayollarga bir qancha imtiyoz va huquqiy kafolar belgilangan.
Davlatimiz tomonidan Xotin-qizlar huquqi va ularning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik masalasi alohida etiborga olingan.

Taxiatosh tumani adliya
bo'limi Yuridik xizmat
ko'rsatish markazi boshlig'i O.Babanov