Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

XODIMNING ISH HAQI UNDIRIB BERILDI


Tuman adliya bo’limiga fuqaro M.M.ning oylik maoshi to’lab berilmayotganidan norozi bo’lib yo’llagan murojaati kelib tushdi.
Murojaatni o’rganish davomida, M.M tuman maktabgacha ta’lim bo’limida kadrlar bilan ishlash sho’basi mudiri lavozimida ishlab kelganligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabr kungi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-sonli va 2023-yil 25-yanvar kungi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-sonli farmonlariga muvofiq, tuman xalq ta’limi bo‘limi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari qo‘shilib, tuman maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limi sifatida qayta tashkil etilganligi, mazkur farmonlarga asosan M.M.ga tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish xati berilganligi, biroq mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish xati muddati o‘tib ketgan bo‘lsada, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi, natijada xodim ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolganligi, shunga qaramasdan, xodimga may-iyun oylari davomida ish haqi to‘lanmasdan qolganligi aniqlandi.
Vaholanki, amaldagi Mehnat kodeksining 266-moddasiga asosan, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanishi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan, tuman adliya bo‘limi tomonidan M.M.ga to‘lanmay qolgan ish haqi va boshqa tegishli to’lovlar uchun 4,432,902 (to‘rt million to‘rt yuz o‘ttiz ikki ming to‘qqiz yuz ikki) so‘m miqdoridagi mablag‘larni to‘lash bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi va M.M.ning huquqlari tiklandi.


To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.Saparboyev