Янгиликлар
04
“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMIDAGI O'ZGARISHLAR
Ma’lumki, 2021-yil 22-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 390-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, 2021-yil 1-iyuldan:
- barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish,
- ushbu elektron tizimni chetlab o'tgan holda qaror va farmoyishlarni qabul qilishga yo'l qo'ymaslikva qarorlarning tartibga solish ta'sirini baholash elektron tizim orqali amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan sohani tartibga solishga qaratilgan nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq, Adliya vazirligi hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borishi va monitoring natijalariga koʻra elektron tizim orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va mas’ul xodimlariga nisbatan ta’sir choralarini qo’llashi belgilandi.
Bundan tashqari, 2022-yil 21-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-447-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 8-bandiga asosan, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab Prezident qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko'ra, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab Adliya vazirligi tizimida idoraviy hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish boshlandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko'ra 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilandi.
Xulosa o’rnida aytadigan bo'lsak, ushbu qaror tom ma’noda Vazirlik va idoralarning ma’muriy hujjatlarini jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilinishi, ular faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatishga xizmat qilishishubhasiz.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Saparboyev