Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Amudaryo tuman adliya bo‘limining 2023-yil 1 yarim yillik yakuni bo‘yicha ish faoliyati yuzasidan


Hammamizga ma’lumki oxirgi yillarda huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashda adliya organlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga birgina Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 17-martda qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-sonli farmonini yoki 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-173-sonli qarorini misol sifatida keltirish mumkin.
MUROJAATLAR

Bo‘limga 2023 yil 1-yarim yillik davomida jami 262 ta ariza va shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 126 tasi ariza, 134 tasi shikoyat va 2 ta taklifni tashkil qiladi. Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarning 233 tasi hal qilinib, shundan 193 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan, 40 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Bo‘lim xodimlari tomonidan 2023 yil 1-choragida bevosita shaxsiy qabulda 202 nafar, sayyor qabullarda 56 nafar fuqarolar qabul qilingan.

NORMA IJODKORLIGI

Bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida 2023 yil 6 oyi davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 6 ta taklif berildi.
4 ta Xalq deputatlari tuman Kengashi va 1 ta tuman hokimi qarori huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

SUDGA KIRITILGAN ARIZALAR

Bo‘lim tomonidan 2023 yil 1-yarim yillikda sudlarga 134 nafar fuqaroning manfaatida arizalar kiritilib, shundan 100 tasi qanoatlantirildi. Qolgan da’vo arizalar ko‘rib chiqilish jarayonida.
Kiritilgan da’vo arizalarning 130 tasi fuqarolik sudlarga, 4 tasi ma’muriy sudlarga kiritilgan. Kiritilgan da’vo arizalar natijasida da’vogarlarga jami 246.776.000 so‘mdan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berildi. Ayrim fuqarolarning pensiya ishiga oid sud nizolari hal qilindi.

O‘RGANIShLAR

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 2-chorakda:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy suhurtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-son qarorida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazildi;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish sohasida 16 ta davlat idora va tashkilotlari, 41 ta umumta’lim maktablari va 51 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida monitoring o‘tkazildi;
-Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish davlat xizmatini ko‘rsatish ahvoli yuzasidan;
- Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatish ahvoli yuzasidan;
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami: 3163, 2019-yil 10-may) ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish davlat xizmatini ko‘rsatish ahvoli yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida o‘rganish va monitoringlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ–5199-son “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 23-martdagi PF–6191-son Farmonida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijrosi ta’minlanganlik;
Vazirlar Mahkamasining “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 11-noyabrdagi 704-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qarori ijrosi yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganishlar o‘tkazildi;
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 3 ta idora va tashkilotlar qamrab olindi va ularda 511 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha idora va tashkilotlarga jami 32 ta taqdimnomalar kiritilib, kiritilgan taqdimnomalar asosida
25 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, fuqarolarga jami 45.565.538 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi. 5 nafar mansabdor shaxslar tomonidan mehnat qonunchiligi buzilish holatlari aniqlanib, tuman Mehnat huquq inspektoriga ma’muriy takliflar berildi.

HUQUQIY TARG‘IBOT

Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini yanada oshirish yuzasidan o‘tgan 6 oy davomida ommaviy axborot vositalarida 196 ta chiqishlar qilindi. Og‘zaki huquqiy targ‘ibot 161 tani, ko‘rgazmali targ‘ibot 45 tani tashkil qildi.
Shuningdek, 6 oy davomida jami 402 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, bunga 3043 nafar fuqaro qamrab olindi.

QONUN HUJJATLARINI DAVLAT ORGANLARI
VA TAShKILOTLARGA YeTKAZISh

Bo‘lim tomonidan 6 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va tashkilotlariga 427 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi. Shundan 35 tasi Qonun, 141 tasi Prezident Farmon va qarorlari, 111 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 135 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yo‘riqnomalaridir.

Amudaryo tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b N.Jumaniyazova