Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Murojaatlarda ko`tarilgan eng ko`p masalalar


O`z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish tuman (shahar) adliya bo`limlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Murojaatlarni o`rganish davomida hududda yuz berayotgan asosiy muammolar ham aniqlanadi, buning uchun har bir tashkilot o`ziga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilishi lozim.
Beruniy tumani adliya bo`limiga joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 126 ta, shundan shaxsiy va sayyor qabullarda soni 107 ta (sayyor qabulda 22 ta) murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 106 tasi hal etilgan bo`lib, 14 tasi ijroda qoldi,
6 tasi taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi, hal etilgan murojaatlarning 75 tasi ya’ni 70 foizi qanoatlantirildi, qolgan 31 tasiga tushuntirish berildi.
Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganida, aksariyat murojaatlar mehnat qonunchiligi talablari buzilishi bilan bog`liq ekanligi aniqlandi.
Xususan, murojaatlarda eng ko`p ko`tarilgan masalalar ish haqi, qo`shimcha haq va ustama mablag`lari to`lanmayotganligi haqida bo`ldi, tashkilotlar kesimida esa shu mazmundagi eng ko`p murojaatlar ta’lim va tibbiyot muassasalariga to`g`ri keldi.
Bundan ko`rinib turibdiki, kop`chilik rahbarlar hamda mas’ul xodimlar tomonidan mehnat qonunchiligi, shuningdek, yangidan qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yaxshi o`zlashtirilmayapti, yanada chuqurroq yondashsak, ayrim rahbarlar tomonidan o`ziga ishonmasdan va mas’uliyatni bo`yniga olishdan qochib, xodimga belgilangan haq to`lanishi uchun asos (sud qarori yoki boshqa) so`ragan holatlar ham yo`q emas.
Lekin bunga chek qo`yish kerak, har bir rahbar va mas’ul xodim o`z ustida ishlab, doim izlanib o`zini harakatga keltirishi lozim, zero bilimli va salohiyatli rahbar va xodim zamon talabidir.


Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i II darajali yurist S.Raimbekova