Янгиликлар
25
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITASINI QAYTA JIHOZLASHGA RUHSATNOMA BERISH TARTIBI
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son qarori qabul qilindi
• Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
• avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish
Ruxsat etuvchi talablar va shartlari
• YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;
• tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar) mavjud bo‘lishi;
• yong‘in xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish
Tadbirkorlik subyekti avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ruxsatnomani Davlat xizmatlari markazlarining office.licenses.uz yoki license.gov.uz dan onlayn olish mumkin.
• Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 15 ish kuni davomida
• Ruxsatnoma office.licenses.uz (license.gov.uz) tomonidan 1 yil muddatga beriladi.
Ruxsatnoma berish tartibi:
Tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma office.licenses.uz (license.gov.uz)ga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etiladi.
1. egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
2. avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi
Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin
• murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi
• tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
• murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
Murojaat etuvchi ruxsatnoma berishni rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin o‘n kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’i A.Ababekov