Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari


Deputat- tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
Deputat faoliyatining huquqiy asoslari- deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ( 02.12.2004 yildagi 706-II-son) 3-moddasida Deputat vakolatlarining muddati deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi. Saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiqligi belgilanib o’tilgan.
Shunigdek qonunda deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi deb ko’rsatolgan:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza bergan taqdirda;
u qonunga ko‘ra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u chaqirib olingan taqdirda;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda.
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Mazkur qonunnning II bo’limida Deputatning huquqlari va majburiyatlari haqida so’z yuritiladi.
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat:
tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda ma’lum qilishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar o‘tkazishga;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Deputatning majburiyatlari quyidagicha belgilanib o’tilgan.
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida bo‘lsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Deputatning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Chimboy tumani adliya bo'limi
FHDY bo'limi 2-darajali inspektori I.Durisbergenova