Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA AHOLINING DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida “Davlat xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyul kungi 6269-sonli Farmoni qabul qilingan.
Ushbu farmonga muvofiq mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirildi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazishning quyidagi tartibi joriy etildi:
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi;
malaka sertifikatlarini berish uchun o‘tkaziladigan imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi;
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan to‘lovlar davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi;
talabgorlardan imtihon olishda savollar test ko‘rinishida kompyuter vositasi orqali olinadi va natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi (alohida iqtidor hamda amaliy sinovlar talab etiladigan yo‘nalishlar bundan mustasno);
malaka sertifikatlari va attestatsiya guvohnomalari QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish va ta’minlash davlat xizmatlarining tezkor, qulay va sifatli ko’rsatilishiga zamin yaratadi.



Amudaryo tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i Xaytboev Sarvar Gulmanovich